Quvonch Matchanov
Brendingizni tajribali mutaxasissga ishoning
Men Quvonch Matchanov. Branding mutaxassisi va art direktorman. Bizneslarni o‘z tajribamga asoslangan logo, identity, packaging, Brandbook va art direction orqali kuchli vizual tizimga aylantirishda yordam beraman.
Yaxshi dizayn faqat chiroyli emas, aniq va tizimli bo‘lishi kerak!
Brend bir xil ko‘rinmasa, odamlar ikkilanadi. U aniq va takrorlanadigan bo‘lsa, savdo jamoasi, hamkorlar va mijozlar tezroq tushunadi. Men pitch deckdan qadoqqacha har touchpointda ishlaydigan brend tizimlarini quraman.
Tanlangan ishlar
Identity tizimlari, packaging va real bozor uchun ishlangan brend vositalari. Sohangizga yaqin misollar kerak bo‘lsa, yozing, mos ishlarni ajratib ko‘rsataman.
Bu yo‘nalishda loyiha hozircha tanlanmagan.
Sohangizga yaqin ishlar kerak bo‘lsa, yozing. Vazifangizga mos namunalarni ajratib ko‘rsataman.
Brend haqida yozishBrend tizimi jamoangiz ishlata oladigan darajada aniq bo‘lishi kerak
Logo yakka o‘zi yetarli emas. Brend qadoq, social media, prezentatsiya, banner va hujjatlarda bir xil ohangda ishlashi kerak. Shu sabab yechimni faqat chiroyli ko‘rinish uchun emas, kundalik ishlatish uchun ham quraman.
Jarayon aniq: taxminlarga joy yo‘q
Har bir bosqichda nima qilinishi, nima uchun tanlanishi va natijada qanday fayl topshirilishi oldindan aniq bo‘ladi. Bu dizayn jarayonini soddalashtiradi va qaror qabul qilishni tezlashtiradi.
Professional tajriba
Dizaynni ijrochi, mentor, art director va jamoa rahbari sifatida ko‘rganman. Shuning uchun jarayonga faqat maket emas, sifat, muddat, jamoa va biznes natijasi nuqtayi nazaridan qarayman.
Yo‘nalishlar va ko‘nikmalar
Asosiy yo‘nalishim — brend ko‘rinishi va undan foydalanish tartibini qurish: logo, identity, packaging, Brandbook, art direction va jamoa bilan ishlash.
Xizmatlar va narxlar
Narx ish hajmi, touchpointlar soni, konseptlar miqdori va topshiriladigan fayllar tarkibiga qarab aniqlanadi. Quyidagilar boshlang‘ich paketlar.
Qaysi xizmatdan boshlashni bilmasangiz, qisqacha yozing. Vazifangizga mos formatni aniqlab beraman.
Xizmat bo‘yicha yozishMen haqimda
Men Quvonch Matchanovman, branding mutaxassisi, Brand Identity designer va mentorman. Hozir Toshkentda Head of Branding Team sifatida ishlayman. 8+ yildan beri bizneslar uchun logo, identity, packaging va Brandbook tizimlarini yarataman.
Shu vaqt ichida founderlar, mahsulot brendlari va agentliklarga odamlar taniydigan va ishonadigan visual identity hamda packaging yechimlarini ishlab chiqishda yordam berdim. 500+ loyiha qildim, 5+ yil dizaynerlarga mentorlik qildim.
Yondashuvim oddiy: avval strategiya, keyin dizayn, undan keyin esa ishga tushgandan keyin ham izchil qoladigan tizim. Men uchun yaxshi brend — bu faqat chiroyli belgi emas, balki jamoa ishlata oladigan va mijoz eslab qoladigan tartib.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Brendingiz hamma joyda aniq va izchil ko‘rinsin
Telegramga loyiha qamrovi, biznes yo‘nalishi va muddatni qisqacha yozing. Vazifani ko‘rib, sizga mos yechim, format va keyingi qadamlarni aytaman.